Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Chempionlar ligasi qaytdi! «PSJ»ning «Kamp Nou»ga so‘nggi tashrifi dahshatli yakun topgandi

 Chempionlar ligasi qaytdi! «PSJ»ning «Kamp Nou»ga so‘nggi tashrifi dahshatli yakun topgandi

«Barselona» — «PSJ». Bu jamoalarning Kamp Noudagi so‘nggi uchrashuvi parijliklar uchun alamli, YeChL tarixida esa eng yorqin o‘yinlardan biri bo‘lgandi. Safardan 0-4 hisobida mag‘lub bo‘lib qaytgan kataloniyaliklar o‘z maydonida «PSJ» darvozasiga 6ta gol urgandi.

Bugun Chempionlar ligasining pley-off bahslarining dastlabki ikki o‘yini bo‘lib o‘tadi:

  • «Barselona» (Ispaniya) — «PSJ» (Fransiya)
  • «Leypsig» (Germaniya) — «Liverpul» (Angliya)

Kunning asosiy to‘qnashuvi, shubhasiz, «Barselona» va «PSJ» o‘rtasida kechadi. E’tiborlisi, avvalgi to‘qnashuvda Neymar katta sahnaga chiqqandi. Bugun u o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynay olmaydi. Uning jarohati futbol muxlislarini Messi - Neymar to‘qnashuvidan mosuvo qildi.

Ammo parijliklar safida Mbappe - Ikardi juftligi bor va ular so‘nggi vaqtlarda yaxshi formaga kirib ulgurgan Messi - Grizmann juftligiga munosib qarshilik ko‘rsatishga urinishadi. Kuman jamoasining nisbatan bo‘sh himoyasi 39 km/soat  tezlikda yugura oladigan Mbappening qarshi hujumlarini to‘xtatishga qodirmi? Ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan Pochettino jamoada o‘z o‘yinini qurib ulgurdimi? O‘ziga xos ikki uslub, yulduz futbolchilar, «intiqom o‘ti» — bu bahsning shiddatli o‘tishini kafolatlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring