Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OFK prezidenti Shayx Salmon Mirabror Usmonovning oilasiga ta’ziya bildirdi

OFK prezidenti Shayx Salmon Mirabror Usmonovning oilasiga ta’ziya bildirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonovning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi.

Shayh Salmon Mirabror Usmonov O‘zbekiston futbol federatsiyasi (2006 - 2017 yillar) va Milliy Olimpiya qo‘mitasini boshqargan (2013-2017 yillar) davrda amalga oshirgan ishlarga yuksak baho berdi.

— Janob Usmonovning O‘zbekiston va Osiyo futboli rivojiga qo‘shgan hissasi har doim yodimizda bo‘ladi. Aynan shu xizmatlari uchun u 2014 yilda FIFA oldidagi «Xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan edi, — deydi OFK prezidenti.

Shayh Salmon Mirabror Usmonovning oila a’zolari, do‘stlari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘z ta’ziyasini izhor qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring