Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

S2 guruhi: «Uzbek Tigers» nokautga boy bo‘lgan janglarda yana raqibdan ustun keldi

S2 guruhi: «Uzbek Tigers» nokautga boy bo‘lgan janglarda yana raqibdan ustun keldi

Foto: «Sports.uz»

Termiz shahridagi «Alpomish» sport saroyida «Uzbek Tigers» Venesuelaning «Venesuela Caciques» jamoasiga qarshi bahcning S1 guruhidagi janglarda bokschilarimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonishganini ma’lum qilgandik.

Biroz avval S2 guruhidagi janglar ham yakuniga yetdi. Bu guruhda birinchisiga qaraganda o‘zgacha holat kuzatildi. Besh jangning uchtasida bokschilarimiz raqiblarini nokautga uchratishdi. Avvaliga Jasurbek Latipov texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, keyinchalik Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov o‘z raqiblarini muddatidan avval ringga qulatishdi.

Faqatgina Mahmud G‘oipov venesuelaliklarga qarshi kechgan seriyada mag‘lubiyatga uchragan yagona bokschimiz bo‘ldi.

52 kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas - TKO4

60 kg: Shunqor Abdurasulov - Luis Kabrera - 2:1

69 kg: Mahmud G‘oipov - Gabriel Maestre - 1:2

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Nalek Korbaj - KO1

+91 kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes - KO1

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring