Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senegal o‘z tarixida ikkinchi marta Afrika kubogini qo‘lga kiritdi.

Senegal o‘z tarixida ikkinchi marta Afrika kubogini qo‘lga kiritdi.

Foto: INKI

Afrika millatlar kubogi finalida Marokash va Senegal terma jamoalari g‘oliblik uchun kurashdi.

O‘yinning asosiy vaqti janjal bilan yakunlandi. 90+3-daqiqada bosh hakam Senegalning golini hujumdagi qo‘pollik tufayli bekor qildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, hakam senegalliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Ular bu qarordan norozi bo‘lib, maydonni tark etishdi. Ammo ko‘p o‘tmay Senegal futbolchilari maydonga qaytishdi va penalti ijro etildi: Braim Diasning kuchsiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza markaziga yo‘naltirilgan zarbasi Eduard Mendining qo‘liga borib tushdi.

Qo‘shimcha vaqtda (94-daqiqa) Pape Guye mezbonlar darvozasiga kiritgan gol senegalliklarga g‘alaba keltirdi.

Senegal o‘z tarixida 2-marta Afrika kubogini qo‘lga kiritdi. Avvalgi g‘alaba 2021-yilda qo‘lga kiritilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring