Toshkentda ilk bor velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi boshqaruv kengashi yangi Olimpiya davridagi yirik musobaqalarning mezbonlarini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent 2028-yili trek yo‘nalishi bo‘yicha qit’a birinchiligini qabul qiladi.
Musobaqa Olimpiya shaharchasidagi velotrek majmuasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Qit’a birinchiligi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlardan biriga aylanishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter