Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Boshlang‘ichdagi o‘qituvchilarga milliy sertifikat berish yo‘lga qo‘yiladi – loyiha

 Boshlang‘ichdagi o‘qituvchilarga milliy sertifikat berish yo‘lga qo‘yiladi – loyiha

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab milliy sertifikat berish tizimi amaliyotga joriy etilishi mumkin.

Bu borada ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, malaka imtihoni natijalariga qarab, ushbu toifa o‘qituvchilarga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C, darajali elektron sertifikat beriladi.

O‘qituvchilar uchun milliy sertifikat berishda malaka imtihoni boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi, matematika o‘qitish metodikasi fanlari hamda o‘qituvchining pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Reja qilinishicha, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab V+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.

Bundan tashqari, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab V+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga  ega boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilar pedagogik kadrlarni kasbiy sertifikatlashdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tgan deb hisoblanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring