Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kontraktlar narxi va to‘lash tartibi o‘zgardi. Stipendiyalar miqdorida ham o‘zgarishlar bor (batafsil sharh)

Kontraktlar narxi va to‘lash tartibi o‘zgardi. Stipendiyalar miqdorida ham o‘zgarishlar bor (batafsil sharh)

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq 2019/2020 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt narxlari e’lon qilingandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati kiritilgan yangiliklarga sharh berdi.

Yangilik! Endi kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz to‘lash mumkin!

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Jadvalda  kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

  • Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
  • Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m -  4 800 000 so‘m)

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab — 634 880 so‘m etib belgilangan. (Asos: O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni).

Kontraktda o‘qiydigan talabalarning stipendiya miqdori 400 000 so‘mga tushirildi!

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

Bunga qadar davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarning stipendiyasi bir-biridan farqlanmas edi. Talabalar o‘zlashtirgan bahosiga qarab yuqori yoki past belgilangan miqorda stipendiya olishardi.

Endi yangi o‘quv yilidan bu tartib o‘zgaradi va kontraktda o‘qiydigan talabalarning stipendiyasi 400 000 so‘mga tushiriladi.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring