Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilar uchun imtiyozli yo‘l chiptalari chiqariladi

O‘qituvchilar uchun imtiyozli yo‘l chiptalari chiqariladi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «Toshkent tajribasi»ni joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Toshkent shahridagi barcha oliy o‘quv yurtlarining informatika va axborot texnologiyalari, pedagogika va psixologiya hamda umumta’lim fanlari (matematika, fizika, ximiya, biologiya va o‘zbek tili kabi) kafedralarini umumiy o‘rta ta’lim maktablariga (keyingi o‘rinlarda «umumta’lim muassasalari» deb yuritiladi) biriktirsin va kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab pedagoglari uchun haftada kamida bir marotaba mahorat darslarini o‘tish tizimini;
  • Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 3 ming nafarga yaqin ingliz tili o‘qituvchilarining barchasini bir yil muddatda C1-CEFR darajasiga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining xorijiy tillar kafedralari bittadan maktabni otaliqqa olib, reja asosida amaliy seminarlar, treninglar, «ochiq dars»lar, mahorat darslarini tashkil etishni yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridagi reklama stendlari, jamoat transporti va bekatlarda ijtimoiy reklamalar joylashtirish jadvalini ishlab chiqadi;
  • Toshkent shahar jamoat yo‘l transportlarida harakatlanish uchun pedagoglarga imtiyozli «O‘qituvchi» oylik yo‘l chiptalarini joriy etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, oshxona va bufetlarni ijaraga berish, tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’yektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi;

Bunda davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini ijaraga berish bo‘yicha savdolarni «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring