Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oliy ta’lim sifatini ta’minlashda ENQA bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston oliy ta’lim sifatini ta’minlashda ENQA bilan hamkorlik qiladi

Joriy yilning 18 sentyabr kuni O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi (Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) elchisi Dilyor Hakimov Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) Prezidenti Kristof Grolimund va ENQA direktori Mariya Kelo bilan videokonferensiya formatida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

ENQA Yevropada oliy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yirik xalqaro loyihalarni amalga oshiradi. Oliy ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha 55 ta milliy hamda 57 ta kuzatuvchi agentlik uyushma a’zolari hisoblanadi. ENQA sayti Yevropada oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha qimmatli axborot manbayidir. Bundan tashqari, assotsiatsiya muntazam ravishda seminarlar hisobotlari, davriy ma’ruzalar kabi ta’lim sifatini ta’minlash sohasiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni e’lon qilib kelmoqda. (Bu ma’lumotlardan veb-sayt orqali bepul foydalanish mumkin.).

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan ENQA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Kristof Grolimund joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ENQAga kuzatuvchi sifatida qo‘shilganini assotsiatsiya katta ishtiyoq bilan qabul qilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu oliy ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida yevropalik mutaxassislarning tajriba va bilimlarini jalb yetish, shuningdek, assotsiatsiyaning boshqa a’zolari bilan tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.

Bundan tashqari, ENQA prezidenti Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya vakillari ENQAga a’zo agentliklarning 14 may kuni o‘tkazilgan «2019-2020 yil uchun ta’lim sifati kafolati natijalari» mavzusidagi onlayn muhokamada ishtirok etgani O‘zbekiston bilan hamkorlikda muhim hodisa bo‘lganini aytdi.

Kristofom Grolimund ta’kidlashicha, Yevropa oliy ta’lim tizimi xilma-xilligi va boy tarixini inobatga olib ENQA assotsiatsiya a’zolari va kuzatuvchilari salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘z xizmatlarini taklif qilishga tayyor.

Mariya Kelo, ENQA assotsiatsiyaning o‘zi va uning a’zolari bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha o‘zbek hamkasblarining katta qiziqishi va faolligini mamnuniyat bilan qayd etishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring