Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi OTMni attestatsiyadan o‘tkazishga xorijiy ekspertlar jalb etildi

O‘zbekistondagi OTMni attestatsiyadan o‘tkazishga xorijiy ekspertlar jalb etildi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 16 noyabridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini tashqi baholash jarayoni boshlandi.

Ushbu jarayonga universitet ta’lim yo‘nalishlari mutaxassisliklari xususiyatlaridan kelib chiqib, respublikamiz OTMlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali va ilmiy salohiyatga ega mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda ta’lim sifatidan manfaatdor bo‘lgan ish beruvchilar va talabalar ham jalb etildi.

Shu bilan birga, tajribada birinchi marotaba xalqaro ekspertlar – Avstriya ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya agentligi direktori Axim Xopbax hamda Vilnyus texnika universitetida akademik ishlar bo‘yicha departament direktori Nora Skaburskiyene jalb etildi.

Tashqi baholash jarayonida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi institut faoliyati ham o‘rganiladi va universitetda ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning holatiga ham baho beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring