Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umumta’lim maktabi yoshlar yetakchilari rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi

Umumta’lim maktabi yoshlar yetakchilari rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida umumta’lim maktablari yoshlar yetakchilarining 1 oylik malaka oshirish o‘quv kursi boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu o‘quv kursiga umumta’lim maktablarida namunali faoliyat yuritayotgan 60 nafar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yoshlar yetakchilari tavsiya etildi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar yetakchilarini rahbar kadrlar zaxirasiga olish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring