Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

125 yildan beri so‘nmagan mo‘jiza tarixga kirdi

125 yildan beri so‘nmagan mo‘jiza tarixga kirdi

Foto: AP

Kaliforniya (AQSh)dagi o‘t o‘chirish bo‘linmasida 1901-yildan buyon kuymasdan yonib turgan lampochka sayyohlar orasida ommalashib ketdi, deb yozmoqda Daily Mail.

Bu yil yozda lampochka yondirilganiga 125 yil to‘ladi. Ginnessning rekordlar kitobi uni dunyodagi eng uzoq yonayotgan va Shimoliy Kaliforniyaning eng g‘ayrioddiy diqqatga sazovor joylaridan biri deb tan oldi.

1897-yilda ishlab chiqarilgan bu lampochka 4 vatt nur chiqaradi. 125 yil davomida u bir necha bor o‘chirilgan, bunga ko‘pincha o‘t o‘chirish bo‘linmasining boshqa yerga ko‘chirilishi sabab bo‘lgan. Oxirgi o‘chish 2013-yilda generator batareyasi quvvati tugagani uchun sodir bo‘lgan.

Ekspertlar lampochkaning uzoq ishlashini uning dizayniga bog‘liq, deyishmoqda. Qisqa muddatga mo‘ljallangan zamonaviy lampochkalardan farqi, u o‘ta qalin cho‘g‘lanish tolasiga ega, qayta ishlangan sellyuloza va toblangan uglerod yadrosidan tayyorlangan.

Lampochka ishlab chiqaruvchisi Ogayo shtatidagi Shelby Electric Company hisoblanadi. Kompaniya 1912-yilda General Electric tomonidan sotib olingandan keyin bunday lampochkalarni chiqarish to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring