Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan ICT Week 2025 yakunini sarhisob qildi

Beeline Uzbekistan ICT Week 2025 yakunini sarhisob qildi

CAEx maydonida kompaniya zamonaviy raqamli yechimlarni taqdim etdi, O‘zbekiston telekom-infratuzilmasini rivojlantirishdagi strategik o‘rnini qayd etdi va tarmoq sifati uchun xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lib, bozorga yetakchiligini hamda mamlakat raqamli transformatsiyasiga qo‘shgan hissasini tasdiqladi.

23-26 sentyabr kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) raqamli transformatsiya va iqtisodiyot o‘sishining kelajagi haqidagi muloqot va «Raqamli O‘zbekiston» ekotizimini shakllantiruvchi eng yangi yechimlar taqdimoti maydoniga aylandi. ICT Week 2025 — mamlakatning axborot texnologiyalari sohasidagi asosiy tadbir bo‘lib, har yili tadbirkorlar, sarmoyadorlar, IT-sanoat yetakchilari va davlat idoralari vakillarini bir joyga to‘playdi. Xalqaro ekspertlar va zamonaviy IT-yechimlarni ishlab chiquvchi kompaniyalar hukumat vakillari bilan birgalikda innovatsiyalarni joriy etish va mamlakat rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish istiqbollarini muhokama qildilar.

Mazkur strategik maydonda Beeline Uzbekistan yetakchi ishtirokchilar qatorida o‘z tajribasini taqdim etdi. Kompaniya stend tashkil etib, zamonaviy raqamli xizmatlar va yechimlarni namoyish qildi, shuningdek mamlakat aholisi uchun yaratilgan telekom-infratuzilma va raqamli mahsulotlarni rivojlantirishdagi rolini ta’kidladi.

«ICT Week — bu sohaning kelajagi haqida muloqot qilish uchun maydondur. Biz uchun infratuzilmaga sarmoya kiritish, innovatsion xizmatlarni joriy etish va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Biz ishonamizki, O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi faqat odamlar va biznes uchun yaratilgan qulay yechimlar bilan amalga oshadi. Bizning vazifamiz — texnologiyalar va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lish»,dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.

ICT Week 2025 dasturi doirasida VEON’ning raqamli operatsiyalar bo‘yicha guruh direktori Lasha Tabidze «Infratuzilmani qayta talqin qilish: kolokatsiya raqamli tezlashuvning dvigateli sifatida» mavzusidagi sessiyada spiker sifatida ishtirok etdi.

Ushbu sessiyada xalqaro ekspertlar va yetakchi IT-kompaniyalar top-menejerlari mamlakatning raqamli kelajagini muhokama qildilar.

«Investitsiyalar, tartibga solish va davlat siyosati raqamli transformatsiya va inklyuziyaning strategik maqsadi uchun uyg‘un ishlashi lozim. Texnologiyalar muhim, chunki ular iste’molchilarimiz, ham biznes, ham oddiy foydalanuvchilar uchun qiymat yaratadi. Biz har bir O‘zbekiston fuqarosiga eng zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berishimiz kerak»,dedi Lasha Tabidze. «Bozorning barcha ishtirokchilari duch keladigan asosiy muammolardan biri professional kadrlar yetishmasligi bo‘ladi va biz VEON Group va ayniqsa Beeline Uzbekistan’da nafaqat tarmoqqa, balki mahalliy mutaxassislarni rivojlantirishga ham sarmoya kiritayotganimizdan faxrlanamiz. O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun mahalliy yuqori malakali mutaxassislar tomonidan, mamlakatda barpo etilgan data-markazlardan foydalanib yaratilgan mahsulotlar — bu barqaror raqamli o‘sishning haqiqiy asosidir».

Forum davomida yuqori tezlikdagi mobil internet tarmoqlarini rivojlantirishda Beeline Uzbekistan kompaniyasining yetakchiligini tasdiqlovchi nufuzli xalqaro mukofotlarni topshirish marosimlari ham bo‘lib o‘tdi. «Eng sifatli mobil video» [1] nominatsiyasidagi mukofotni Ookla kompaniyasining mahsulot bo‘yicha katta vitse-prezidenti Hamdi Farid topshirdi. «Yuklab olish tezligi » va «Barqaror sifat» [2] mukofotlarini esa Opensignal kompaniyasining Yaqin Sharq, Afrika va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo direktori Lais Hashem taqdim etdi.

Beeline Uzbekistan’ning ICT Week 2025’dagi ishtiroki kompaniyaning mamlakatdagi uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston bozoridagi faoliyati davomida kompaniya telekom-infratuzilma va raqamli xizmatlarga 1,6 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritgan. Kompaniya bugungi kunda ham mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy iste’dodlarni rivojlantirishda davom etmoqda. Olingan xalqaro mukofotlar va forumdagi faol ishtirok kompaniyaning tarmoqdagi yetakchiligini hamda O‘zbekistonning raqamli kelajagini shakllantirishdagi muhim rolini yanada mustahkamlaydi.

ICT Week 2025 haqida

O‘zbekiston axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi axborot-texnologiyalar sohasida O‘zbekistonda 2004 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan katta va muhim tadbirdir. Ushbu tadbir an’anaviy ravishda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatga birlashtiradi. ICT Week asosiy maqsadi – tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish uchun platforma yaratish. Bu, shuningdek, davlat, kompaniya va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun xorijiy investorlarga O‘zbekiston IT bozorining jozibadorligini namoyish etish uchun ideal platformadir.

Beeline Uzbekistan haqida

Beeline Uzbekistan («Unitel» MChJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024 va 2025 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.

Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006 yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.

VEON – 150 milliondan ortiq aloqa xizmati mijozlari va taxminan 120 million oylik faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan raqamli operatordir. Kompaniya dunyo aholisining 6% dan ortig‘i istiqomat qiladigan 5 mamlakatda faoliyat yuritadi va texnologiyalarga asoslangan xizmatlari orqali insonlarning hayotini o‘zgartirib, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shmoqda. VEON bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma’lumot www.veon.com.

[1] https://www.speedtest.net/awards/beeline/

[2]https://www.opensignal.com/2025/09/01/uzbekistan-regional-position-operator-experience-september-2025/dt

Saytbeeline.uz

Facebook@beeline.uz

Instagram@beeline_uzbekistan

Telegram@beelineuzbekistan

X@beeline_uz

LinkedIn@beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring