Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

LG o‘rama noutbukni kashf etdi

LG o‘rama noutbukni kashf etdi

Foto: «Topcor.ru»

LG ekrani ochiladigan noutbukni patentladi. Bu haqda «Root MyGalaxy» nashri xabar berdi.

Ixtiro tavsifiga ko‘ra, kompyuter egiluvchan ekran bilan jihozlanib, uni o‘rab, noutbuk qutisiga bekitib qo‘yish mumkin. Transformatsiya elektr motor yordamida boshqariladi. Qurilma klaviaturasi ham yig‘iladigan konstruksiyaga ega. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu matox yig‘ilgan holatda saundbarni yodga soladi.

Qayd etilishicha, noutbuk diagonali 13,3 — 17 dyuymli o‘rama displey bilan jihozlanadi. Bozordagi ko‘pgina ixcham kompyuterlardan farqli o‘laroq Koreya kompaniyasi ishlab chiqargan uskunaning yonida quvvatlovchi tugmasi bo‘ladi. Jurnalistlar bunday qurilmaning sharofati bilan LG kompyuteri boshqa noutbuklarga qaraganda ixchamligi va mobilligi bilan ajralib turishini ta’kidlashmoqda.

Sentyabrning oxirida LG o‘rama matritsali birinchi televizorni taqdim etdi. 100 million Koreya voni (taxminan 930 million so‘m)ga baholangan LG Signature OLED TV R apparati egiluvchan OLED-displeyiga ega bo‘lib, maxsus moslamaga o‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring