Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabda onlayn ta’lim oluvchilar uchun qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Maktabda onlayn ta’lim oluvchilar uchun qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Respublikadagi 10 mingga yaqin xalq ta’limi muassasalarining barchasiga optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ma’lum qildi.

Karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab o‘quvchilarga uyda fanlarni bemalol o‘zlashtirishlari uchun barcha mahalliy tarmoq va mobil operatorlari tomonidan ta’lim axborot-resurslari joylashtirilgan veb-saytlarga bepul kirish ta’minlandi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda 3 ta televizion kanal tashkil etildi. Ushbu kanallar orqali televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha bepul tarqatish yo‘lga qo‘yildi.

Masofaviy ta’lim berishda ustoz va murabbiylar uchun mobil aloqa xizmatlaridan qulay shartlarda foydalanish uchun maxsus «Ta’lim» tarif rejasi joriy etilgan. Hozirgi kunda ushbu tarif rejasiga yanada ko‘proq qulayliklar kiritilmoqda.

Masofaviy ta’lim uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida alohida imtiyozli «Maktab» tarif rejasi ishlab chiqilib, hozirda joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yil boshidan bugungi kunga qadar internet tarmog‘iga keng polosali ulanish imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 9 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Qurilgan optik tolali aloqa liniyalarining asosiy qismi ijtimoiy soha ob’yektlari uchun tashkil etildi.

Foydalanuvchilar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish magistral telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobar, tuman markazlarigacha esa 4 barobar oshirildi.

Mobil aloqa xizmatlari qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 1 375 ta qo‘shimcha yangi mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatildi va 3000 dan ortiq mavjud baza stansiyalari yuqori tezlikdagi internet texnologiyalari asosida modernizatsiya qilindi.

Yil yakuniga qadar yana 4 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari quriladi va 800 dan ortiq qo‘shimcha yangi baza stansiyalari o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring