Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziyalik 100 dollarga olganini 70 million dollarga sotdi

Malayziyalik 100 dollarga olganini 70 million dollarga sotdi

Arsyan Ismoil.

Malayziyalik Arsyan Ismoil tarixdagi eng qimmat domen nomini (ai.com) sotdi. Domen naq 70 mln AQSh dollariga baholandi.

U ushbu onlayn-manzilni bolaligida — 1993 yilda atigi 100 dollarga sotib olgandi. Domen nomi o‘zining ismi va familiyasi bosh harflariga mos kelgani uchun uni qiziqtirgan. Ammo hozir AI (Artificial Intelligence — sun’iy intellekt) eng qimmat savdo belgilaridan biriga aylandi.

Malayziyalik AI chinakam omadli inson ekan. Oradan 33 yil o‘tib, kiritilgan sarmoya 700 ming baravar ko‘p bo‘lib qaytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring