O‘zbekiston aholisining 94,2 foizi internetdan foydalanmoqda

Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi yillar kesimida quyidagicha:
- 2021-yil — 76,6 foiz
- 2022-yil — 83,9 foiz
- 2023-yil — 89 foiz
- 2024-yil — 93,3 foiz
- 2025-yil (yanvar–avgust) — 94,2 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter