Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU doktoranti Toshkent 2-xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasining virtual 3D muhitini yaratdi

TATU doktoranti Toshkent 2-xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasining virtual 3D muhitini yaratdi

Foto: TATU matbuot xizmati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Ulug‘bek G‘iyosov Toshkent 2-xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasining 3D muhitini yaratdi.

Ulug‘bek G‘iyosov. Foto: TATU matbuot xizmati

Loyihaning asosiy maqsadi — Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasini virtual shaklga o‘tkazish va bu orqali nafaqat o‘quvchi va kitobxonlar, balki nashriyot sohasi mutaxassislariga ham mo‘ljallangan va ijtimoiy masofa sharoitida madaniy integratsiyani kuchaytirish, festival ishtirokchilarini masofadan bog‘lash, elektron formatdagi nashriyot mahsulotlarini namoyish etish, tajriba va bilim almashish uchun noyob raqamli platformani taqdim etishdan iboratdir. Shuningdek, loyihaning eng asosiy qulayliklaridan yana biri — vaqt va zamon oralig‘ida bir makondan ikkinchi makonga teleportatsiya ob’yekti yordamida o‘tish mumkin.

Tadqiqot davomida Frankfurter Buchmesse 2020, EduCanada Virtual Fair 2020, Helsinki Book Fair, International Istanbul Book Fair 2020, Children’s Book Fair (CCBF) 2020 kabi dunyoga mashhur xalqaro kitob ko‘rgazmalari o‘rganilgan.

Mazkur virtual 3D dasturiy tizimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida testlash va joriy qilish quyidagi natijalarni bergan:

  • virtual muhitlar uchun 3D ob’yektlarini, xususan eksterer, interer va personajlarning dizayni va geometrik modellari yaratilgan hamda ularning kompyuterli algoritmlari ishlab chiqilgan;
  • virtual stendlarda kitoblar haqidagi ma’lumotlardan tashqari, taqdimotlar va videofayllar namoyish etildi. Axborotni taqdim etishda qulay interfeysli stend-bootlar yaratilgan;
  • virtual artefakt va 3D primitivlar muhiti uchun foydalanuvchi virtual borliq tizimi ishlab chiqilgan;
  • virtual dasturiy tizimida 3D obe’ktlarni sifat ko‘rsatkichini yo‘qotmasdan ta’sir etuvchi Mesh type PR (ko‘pburchak poligonlari hajmini kamaytirish) va Simplify poly (poligonlar sonini soddalashtirish) uchun algoritmlar ishlab chiqilgan.

Hozirgi kunda Ulug‘bek G‘iyosov virtual 3D platformaning milliy modelini yaratish va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring