Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YouTube 1-iyundan: barcha videolarga reklamalar joylashtiriladi, blogerlar soliqqa tortiladi

YouTube 1-iyundan: barcha videolarga reklamalar joylashtiriladi, blogerlar soliqqa tortiladi

Foto: «iGuides»

YouTube videoxostingi rahbariyati ma’lum qilishicha, 1-iyundan platformada joylashtiriladigan barcha roliklarda reklama paydo bo‘ladi. Servis o‘z hamkorlik dasturiga ulanmagan kanallarni ham monetizatsiya qiladi, bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Xosting, shuningdek, AQSh hududidan tashqarida yashovchi blogerlar uchun soliq joriy etadi. YouTube Premium servisi orqali Qo‘shma Shtatlarda tomosha qilishdan, superchatlar va homiylikdan olingan daromad soliqqa tortiladi, buning uchun STIR, yuridik shaxsning nomi va kanali nomi ma’lumotlari taqdim etilishi shart. Aks holda kompaniya ushbu ma’lumotlarni taqdim etmaganlar olayotgan daromadning 24 foizini ushlab qolishga haqli bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Videoxostingdan foydalanishning yangilangan shartlari butun dunyoda yozning birinchi kunidan kuchga kiradi. AQShning o‘zida ushbu qoida 2020-yil noyabridan amalga kiritilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring