Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymati asosida soliq hisoblash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymati asosida soliq hisoblash tartibi belgilandi

Hukumatning 2026-yil 18-maydagi 253-sonli qarori bilan «Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom Soliq kodeksiga muvofiq ko‘chmas mulk obyektlari va yog‘och mahsulotlari bo‘yicha soliq bazasini bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibini belgilaydi.

Hujjatga ko‘ra, agar soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlarida ko‘rsatilgan narx bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq organlari soliq bazasini bozor qiymati asosida qayta hisoblashi mumkin.

Nizomda belgilanishicha, soliq organlari bunda taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalanadi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxi esa ommaviy baholash sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan aniqlanadi.

Shuningdek, soliq organlari bozor narxini belgilashda notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi, auksion va davlat xaridlari platformalari, sotuvchilar narxnomalari hamda boshqa ochiq ma’lumotlardan ham foydalanishi mumkin.

Tovarlarning bozor narxi esa birja savdolarida sotilayotgan aynan o‘xshash yoki bir turdagi mahsulotlar narxi asosida belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring