Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

77 yoshli Nobel sovrindori 26 yilga qamaldi

77 yoshli Nobel sovrindori 26 yilga qamaldi

Foto: BBC

Myanma sobiq rahbari, Nobel tinchlik mukofoti laureati Aun San Su Chji korrupsiya bo‘yicha ayblov doirasida uch yil qo‘shimcha qamoq jazosi oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Harbiylar nazorat qilayotgan ushbu mamlakat sudi uni avval qator jinoyatlarda ayblab, ozodlikdan mahrum etgandi. Eng so‘nggi jazo ham qo‘shilib, uning qamoq muddati 26 yilga yetdi.

Harbiy hukumat Aun San Su Chjini jami 18 ta: pora olish, saylovlarni o‘tkazish qoidalarini buzish, ratsiyalardan noqonuniy foydalanish, pandemiya paytida cheklovlarga amal qilmaslik singari jinoyatlarda ayblamoqda.

Agarda barcha ayblovlar bo‘yicha sud shafqat qilmasa, Nobel sohibasining qamoq muddati 190 yilgacha yetishi mumkin.

Ma’lumot uchun: Aun San Su Chji — myanmalik siyosat arbobi, harbiy xuntaga muxolif «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi yetakchisi, 1991-yili Nobel tinchlik mukofotini qo‘lga kiritgan. 2016–2021-yillarda — Myanma tashqi ishlar vaziri va davlat maslahatchisi (bosh vazir lavozimiga to‘g‘ri keladi). Hozir 77 yoshda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring