Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

AQSh Rossiya nefti bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. Bu qaror jahon energetika bozoridagi bosimni kamaytirish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, AQSh Moliya vazirligi 12-martga qadar tankerlarga yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni vaqtincha amalga oshirishga ruxsat bergan.

Bu ruxsatnoma taxminan 30 kunga — aprel o‘rtalarigacha amal qiladi. U asosan tranzitda qolib ketgan taxminan 100 million barrel Rossiya neftiga taalluqli.

Shu bilan birga, Vashington Rossiya neftini Hindistonga yetkazib berish uchun alohida ruxsat berish mexanizmini ham ochgani aytilmoqda. Bundan maqsad jahon bozorida neft ta’minotini ko‘paytirish hisoblanadi.

Bryusselda bu qaror salbiy qabul qilingan. Yevropa komissiyasi Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni yumshatishni «samarasiz qaror» deb atab, har qanday yengillashtirishlar faqat vaqtinchalik bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

Mutaxassislar fikricha, bu qaror sanksiyalar bekor qilinganini anglatmaydi. Aksincha, u global energetika bozoridagi bosimni yumshatish uchun qabul qilingan taktik chora sifatida baholanmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, agar bu vaqtinchalik ruxsat keyinchalik yana uzaytirilsa yoki yangi litsenziyalar berilsa, bu holat jahon bozori Rossiya neftisiz barqaror ishlay olmasligini anglatishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring