BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi
BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi. E’tiborli jihati, unda Eronning harakatlari qoralangan, biroq AQSh va Isroil tilga olinmagan.
TASS agentligi xabariga ko‘ra, hujjatda Eronning BAA, Bahrayn, O‘mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Iordaniya hududlariga qilgan «dahshatli hujumlari eng keskin shaklda qoralangan».
Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 mamlakatdan 13 tasi rezolyusiyani yoqlab ovoz berdi, Rossiya va Xitoy ovoz berishda betaraf qoldi.
Yaqin Sharqdagi urush yuzasidan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning munosabati ham diqqatga sazovor. U Eronning Yaqin Sharq mamlakatlariga hujumlarini qoralab, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. U AQSh va Isroil Eronga «xoinlarcha hujum» qilganini, biroq «uchinchi davlatlarning fuqarolik infratuzilmasiga berilgan zarbalar va tinch aholi o‘limini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini» ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda BMT Xavfsizlik kengashiga muvaqqat raislik AQShga o‘tgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter