Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bog‘bon» laqabli narkobaron qo‘lga olindi — Meksika

«Bog‘bon» laqabli narkobaron qo‘lga olindi — Meksika

Foto: El Mañana de Nuevo Laredo

Meksikaning Nayarit shtatida shu yilning 27-aprel kuni o‘tkazilgan maxsus amaliyotda «Bog‘bon» (El Jardinero) laqabli narkobaron Audias Flores Silva qo‘lga olindi. Mamlakat jamoat xavfsizligi va fuqarolarni himoya qilish vaziri Omar Garsia Xarfush bu haqda bayonot berdi.

Ma’lumot uchun: AQSh hukumati «Bog‘bon»ni tutishda yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot e’lon qilgan edi.

Silva «Yangi avlod Xalisko» (CJNG) kartelining asosiy yetakchilaridan biri bo‘lgan.

«Bog‘bon» shu yilning 22-fevralida harbiy amaliyot chog‘i o‘ldirilgan kartel asoschisi El Mencho (Nemesio Osegera Servantes)ning ehtimoliy vorisi deb hisoblanayotgan edi, deb yozdi Milenio nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring