Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

Foto: AppleInsider

Brand Finance dunyoning 2026-yildagi eng qimmat brendlari reytingini e’lon qildi.

Reytingni Apple boshqarmoqda — texnologiyalar giganti 607,6 mlrd dollarga baholandi. «Apple brendi 6 foizga qimmatlashdi», — deyiladi Brand Finance hisobotida.

Bundan ham yuqoriroq qimmatlashishga Microsoft erishdi. Reytingda ikkinchi o‘rinni band etgan kompaniya brendi 565,2 mlrdga baholandi. Uchinchi o‘rinda — Google (433,1 mlrd dollar).

Keyingi o‘rinlarda: Amazon (369,9 mlrd dollar) va Nvidia (184,3 mlrd dollar). Brendlar reytingida o‘tgan yili to‘qqizinchi o‘rinni egallagan Nvidia ikki karra qimmatlab, TikTok, Walmart, Samsung va Facebookni ortda qoldirdi.

Shuningdek, tahlilchilar YouTubeni dunyodagi eng kuchli brend deb hisoblashdi, WeChat (Xitoy) bu borada ikkinchi o‘rinda. «Kuchlilar» reytingida Google va LEGOni quvib o‘tgan Microsoft uchinchi o‘rinni band etdi.

Eng qimmat brendlarning yarmidan ko‘pi AQSh kompaniyalariga tegishli, 15 foizi — Xitoy, 5,6 foizi — Germaniya brendlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring