Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron Yevropa Ittifoqi armiyalarini terroristik tashkilotlar deb e’lon qildi

Eron Yevropa Ittifoqi armiyalarini terroristik tashkilotlar deb e’lon qildi

Eron parlamenti Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qurolli kuchlarini terroristik tashkilotlar deb e’lon qildi. Bu haqda Reuters Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibafga asoslanib xabar berdi

«Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terroristik tashkilot deb e’lon qilishga qarshi choralar to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari armiyalari terroristik guruhlar hisoblanadi», deb e’lon qildi G‘olibaf. 

«Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga zarba berishga urinish orqali yevropaliklar o‘z oyoqlariga o‘q uzishdi va yana bir bor o‘z xalqining manfaatlariga zid qaror qabul qilishdi, amerikaliklarga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishdi», dedi parlament spikeri. 

G‘olibafning e’lon qilishicha, parlamentning Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Yevropa Ittifoqi harbiy attashelarini chiqarib yuborish masalasini muhokama qiladi va Tashqi ishlar vazirligi bilan muzokaralarni davom ettiradi. 

29-yanvar kuni Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terroristik tashkilot deb e’lon qilishga kelishib olganliklarini e’lon qildi. Ushbu harakat korpusning dekabr oyi oxirida Eronda boshlangan ommaviy norozilik namoyishlarini bostirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring