G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan buyon 100 dan ortiq bola halok bo‘ldi
G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan buyon 100 dan ortiq bola halok bo‘ldi, deyiladi UNISEF bayonotida.
UNISEF vakili Jeyms Elder Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT byurosi matbuot anjumanida ta’kidlashicha, 2025-yil 19 oktyabrda o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganidan beri uch oy ichida G‘azo sektorida 100 dan ziyod bola halok bo‘ldi, yana ko‘plari yaralandi.
«Bu shuni anglatadiki, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirgandan boshlab har kuni o‘rtacha bir o‘g‘il yoki qiz halok bo‘lmoqda. G‘azodagi toqat qilib bo‘lmas hayot darajasi davom etmoqda», — dedi tashkilot vakili.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter