Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iroqda qulagan samolyotda 4 nafar harbiy halok bo‘ldi – AQSh Markaziy qo‘mondonligi

Iroqda qulagan samolyotda 4 nafar harbiy halok bo‘ldi – AQSh Markaziy qo‘mondonligi

AQShga tegishli KC-135 yoqilg‘i quyish samolyoti Iroqning g‘arbiy qismida qulagan. Bu haqda AQSh harbiylari rasman ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortda 6 nafar ekipaj a’zosi bilan parvoz qilayotgan bo‘lgan. Qutqaruv ishlari davom etayotgan bir paytda 4 nafar harbiyning halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Hodisa 12-mart kuni AQSh vaqti bilan taxminan soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Samolyot halokati sabablari hozirda tekshirilmoqda. Shu bilan birga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning qulashi biror hujum bilan bog‘liq emas.

Halok bo‘lgan harbiylarning shaxsi esa ularning yaqin qarindoshlari rasman xabardor qilinganidan 24 soat o‘tgach e’lon qilinishi aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avalroq Iroq g‘arbida AQShning KC-135 yoqilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirilgani va hodisa oqibatida olti kishidan iborat butun ekipaj halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring