Arkanzaslik fuqaro lotereyadan 1,8 mlrd dollar yutib oldi
AQShda Rojdestvo bayrami kuni mamlakat tarixidagi eng yirik lotereya yutuqlaridan biri o‘ynaldi.
Powerball lotereyasidagi 1,817 milliard dollarlik jekpot Arkanzas shtatidan sotib olingan yagona chiptaga to‘g‘ri kelgan. Bu AQSh lotereyalari tarixidagi to‘rtinchi eng katta yutuq hisoblanadi.
Agar g‘olib bir martalik to‘lovni tanlasa, federal soliqlar hisobga olingan holda unga taxminan 835 million dollar to‘lab beriladi. Ushbu lotoreyada g‘alaba qozonish ehtimoli 292 milliondan 1 ni tashkil etadi. Jekpot esa ketma-ket 46 ta tiraj davomida o‘ynalmay qolgan va so‘nggi kunlarda lotoreyalarga bo‘lgan katta talab sabab keskin oshib ketgan.
Powerball lotereyasi AQShning 45 ta shtatida o‘tkaziladi. Bitta bilet narxi — 2 dollar. Hozircha g‘olibning ismi oshkor etilmagan, faqatgina chipta Arkanzas shtati hududida sotib olingani ma’lum.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter