Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrda ko‘p qavatli uy qulab tushdi: bir nechta oila vayronalar ostida qolib ketdi

Misrda ko‘p qavatli uy qulab tushdi: bir nechta oila vayronalar ostida qolib ketdi

Foto: «El-Watan»

Misrning Aleksandriya shahrida ko‘p qavatli uy qulab tushishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «El-Watan» gazetasi.

Nashrning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni oqshom shahar markazidagi uylardan biri qulab tushgan. Buning oqibatida uch erkak va ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlashmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, qulab tushgan to‘rt qavatli uy eski bo‘lgan. 2000-yildan beri ta’mirlanishini talab qiluvchi uchta qaror chiqqan, lekin negadir bu ish bajarilmasdan qolib ketgan.

Aleksandriya gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostida to‘qqiz kishidan iborat yana ikkita oila qolib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring