Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada Markaziy osiyolik muhojir neonatsizm qurboniga aylandi

Moskvada Markaziy osiyolik muhojir neonatsizm qurboniga aylandi

Moskvalik politsiyachilar Qirg‘izistonlik muhojirni o‘ldirishda gumon qilinayotgan uch nafar millatchi o‘smirlarni qo‘lga oldi.

Ma’lum qilinishicha, qotillik 26-iyul kuni Moskva markazida sodir bo‘lgan. Soat tahminan 22:00da 17, 18 va 19 yoshli uch o‘smir ko‘chada sayr qilib yurganida ularning yonidan qurilishdan qaytayotgan 25 va 32 yoshli qirg‘izistonlik muhojirlarga hujum qilishadi.

Hujum qilganlardan biri — 19 yoshli do‘kon maslahatchisining aytishicha, muhojirlar ularga urushmoqchi bo‘lgandek qarashgan. U gaz ballonini olib, muhojirlarning yuziga sepgan va shundan so‘ng janjal boshlangan.

25 yoshli Uual ismli muhojir orqasiga pichoq urilishi natijasida voqea joyida halok bo‘lgan. Qo‘lidan jarohatlangan Altin qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Bezorilar uy-uylariga tarqalib ketishgan, ammo bir hafta o‘tgach ularni qo‘lga olishgan. Ularning uylaridan sovuq qurol, pichoq, maxsus belgili kiyimlar, millatchilik bilan bog‘liq adabiyotlar va boshqa buyumlar topilgan. Jabrlangan muhojir ularning uchalasini ham tanigan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring