Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Neft narxi 100 dollardan oshdi

OAV: Neft narxi 100 dollardan oshdi

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar hamda Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi xavfi tufayli jahon bozorida neft narxi 2022 yildan beri ilk bor 100 dollardan oshdi. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, 9 mart kuni Brent markali neft fyucherslari qariyb 20 foizga o‘sib, bir barrel uchun 111,04 dollarni, WTI nefti esa 106,17 dollarni tashkil etdi. Vaziyat keskinlashishidan oldin narxlar 70 dollar atrofida edi.

Dunyo neft ta’minotining 20 foizi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozining yopilib qolish xavfi bozorda katta xavotir uyg‘otmoqda. Energetik inqirozning oldini olish maqsadida AQSh moliya vaziri Skott Bessent Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Xususan, Hindistonga Rossiya neftini sotib olish uchun 30 kunlik imtiyoz berildi.

Vaziyatning keskinlashuviga 7 mart kuni Isroilning Eron neft infratuzilmasiga bergan aviazarbalari sabab bo‘ldi. Tehron atrofidagi beshta energetika ob’yekti hujumga uchragach, Eron bunga javoban Fors ko‘rfazidagi boshqa mamlakatlar neft ob’yektlariga hujum qilish bilan tahdid qildi. Bu esa global yoqilg‘i bozoridagi beqarorlikni yanada kuchaytirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring