Behzod Normatov Prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi
Tegishli farmonga ko‘ra, Behzod Normatov Prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Behzod Normatov Prezident administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi sho‘ba mudiri sifatida ishlab kelayotgandi.
U avval Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i, «O‘ztransgaz» raisi kabi lavozimlarda ham ishlagan.
Avval Prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida Alisher Sultonov ishlayotgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter