Oltin narxi tarixiy maksimumni yangiladi

Oltin qiymati tarixiy maksimumni yangilab, birinchi marta 1 troya unsiyasi 3 550 dollardan oshdi (1 troya unsiyasi — 31,10 gramm). Comex birjasi sayti ma’lumotiga ko‘ra, kecha oltinning birja narxi deyarli 1 foizga oshdi.
1-sentyabr soat 09:47 (Toshkent vaqti) holatiga, oltinning dekabr fyuchersi narxi oldingi yopilishga nisbatan 30,6 dollarga yoki 0,87 foizga oshib, bir troya unsiyasi 3 546,6 dollarni tashkil etdi. Soat 08:00 atrofida (Toshkent vaqti) ko‘rsatkich 3 552,32 dollargacha ko‘tarilgan edi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, sentyabr oyi uchun kumush fyucherslari ham qimmatlashdi. 1-sentyabr soat 09:47 (Toshkent vaqti)ga kelib, u 1,59 foizga qimmatlab, 41,375 dollarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter