Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Petr Poroshenko mag‘lubiyatni tan oldi

Petr Poroshenko mag‘lubiyatni tan oldi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina prezidentligiga nomzod va amaldagi prezident Petr Poroshenko saylovdagi mag‘lubiyatni tan oldi. Kecha bo‘lib o‘tgan saylovda ekzitpol natijalariga ko‘ra ovoz beruvchilar Vladimir Zelenskiyga 73,2 foiz ovoz berishgan.

Poroshenko esa 25,3 foiz ovozga ega bo‘ldi. Amaldagi prezident saylovdagi mag‘lubiyatni rasman tan oldi va Zelenskiyga ishga kirishib ketishida yordam berishga va’da berdi.

Poroshenko may oyida rasman prezidentlikdan ketadi. U 2014 yildan buyon Ukrainani boshqarib kelayotgan edi.

Ammo Poroshenko siyosatdan ketmoqchi emas. Endi u o‘z partiyasi bilan parlament saylovlarida ishtirok etmoqchi va muholifat sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring