Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poroshenko Ukrainadagi saylovlar va Putinning g‘alabasi haqida gapirdi

Poroshenko Ukrainadagi saylovlar va Putinning g‘alabasi haqida gapirdi

Foto:«Zvezda»

Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning «Bloomberg»ga bergan intervyusida agar mamlakatda prezidentlik saylovi kechiksa, bundan  Rossiya prezidenti Vladimir Putin yutishini aytdi.

«Agar biz prezidentlik saylovlarini kechiktirsak, bu vaziyatda bitta g‘olib bo‘ladi—janob Putin. Ammo biz  unga bu imkoniyatni bermaymiz», dedi Poroshenko.

22-noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozidan kechib o‘tgan uch ukrain kemasi qo‘lga olinishi ortidan Ukrainada harbiy holat e’lon qilingan edi. Dastlab bu holat 60 kun davom etishi lozim edi, ammo Poroshenko 2019-yil 31-mart kuni bo‘lib o‘tishi saylovlarga xalaqit bermaslik uchun uni 30 kunga qisqartirishni taklif etdi.

Prezidentning firkicha, Ukrainada harbiy holatning joriy etilishi «oddiy xalq huquqlarnini buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi».

Avval o‘tkazilgan so‘rovnomalarda prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatida sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko yetakchilik qilmoqda. Poroshenko hanuz saylovlarga qatnashishi xususida ma’lumot berganicha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring