Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya fеrmalaridan birida Afrika cho‘chqa o‘lati tarqaldi

Rossiya fеrmalaridan birida Afrika cho‘chqa o‘lati tarqaldi

Foto: «Rsn-chel.ru»

TASS xabariga ko‘ra, Rossiyaning Magadan shahrida Afrika cho‘chqa o‘lati tarqalgan. Bu haqda shahar gubernatori Sergey Nosovning o‘lat qayd etilgan hududda karantin joriy etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, o‘lat belgilari fermer xo‘jaligida olib borilgan laboratoriya tekshiruvlari natijasida aniqlangan. Xususan, hududdan 10 kilometr radius uzoqlikda joylashgan boshqa fermer xo‘jaliklariga ham kirish-chiqish taqiqlangan. Faqat xodimlar, veterinariya shifokorlariga ruxsat berilgan.

Magadan shahar Qishloq xo‘jaligi vazirligining xabariga ko‘ra, o‘lat aniqlangan barcha — 310 bosh cho‘chqa yo‘q qilinadi. Ushbu miqdor hududdagi umumiy cho‘chqalarning taxminan 15 foizini tashkil etadi. Infeksiya tarqalish sababi hozirda mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda.

Afrika cho‘chqa o‘lati yuqumli kasallik bo‘lib, yashirin davri ikki haftagacha davom etadi. Uning tashuvchilari xastalikni yuqtirgan yoki undan tuzalgan hayvonlar bo‘ladi. Odatda virus organizmga oziq-ovqat, teri yaralari, shilliq pardalar, hasharotlar chaqishi orqali kiradi. Shu paytgacha infeksiyani odam tomonidan yuqtirib olish holatlari qayd etilmagan, ammo olimlar kasallikning ushbu xavfini istisno qilmagan. Chunki virus oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada rivojlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring