Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saxiy boshliq sovg‘asi: konsert chiptasidan tortib avtomobilgacha...

Saxiy boshliq sovg‘asi: konsert chiptasidan tortib avtomobilgacha...

foto: https://metro.co.uk/

Angliyaning Connect  Management kompaniyasida bu yilgi Yangi yil xodimlar uchun unutilmas bayramga aylandi. Kompaniyaning bosh direktori Bendji Lesli saxiylikda rekord qo‘ydi — jamoasi uchun 100 ming funtdan ortiq mablag‘ni sovg‘alarga sarfladi.

Bayram tadbirida xodimlarga raqamli sharlardan birini tanlash taklif etildi. Har bir raqam ortida esa syurpriz yashiringan edi: qimmatbaho gadjetlar, dizaynerlik ko‘zoynaklari, konsertlarga chiptalar va yana ko‘plab yoqimli sovg‘alar.

Biroq Xloi ismli xodimaga eng katta omad kuldi. U kompaniyada bor-yo‘g‘i bir necha oydan beri ishlab kelayotganiga qaramay, shunday baxtli raqamni tanladiki, natijada Range Rover avtomobili va bir yillik sug‘urtaga ega bo‘ldi.

Bu voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda faqat bitta savol aylanmoqda: “Bunday kompaniyaga ishga qanday kirsa bo‘ladi?”

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring