Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shu ketishda hamma «Dubay»da yashaydi

Shu ketishda hamma «Dubay»da yashaydi

Foto: «Eizyholidays.com»

Yer kurrasida havo harorati o‘rtacha 0,5 °S ga ko‘tarilsa nima bo‘ladi? Judayam yomon bo‘ladi — Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning xulosasi xuddi shunday. Hozir qurg‘oqchilikdan qiynalayotgan mintaqalar cho‘llashadi, to‘fonlar bot-bot kuzatilayotgan qirg‘oqbo‘yi mamlakatlarida esa suv balosi kundalik voqelikka  aylanadi.

Insoniyat kelajakda, hozirgidan issiq iqlim sharoitida qanday yashaydi? Agarda biz iqlim o‘zgarishlarining oldini ololmasak «Dubay»da yashaymiz...

Keling, tasavvurimizni tiniqlash uchun bugun gullab yashnayotgan, hamma bir borib ko‘rish orzusidagi Dubay (BAA)ga yuzlanamiz.

Dubayda yoz ancha uzun — apreldan oktyabr oyigacha harorat o‘rtacha 48 °S gacha chiqadi, havosi juda nam. Shuning uchun ham shahar juda ulkan yopiq infratuzilmaga ega, agar uyi ostonasidan to‘ppa-to‘g‘ri mashinaga o‘tirishini hisoblamasak, o‘ziga to‘q odamlar oylab uylaridan chiqmasliklari mumkin. Dubayda kamida 65 ta ulkan savdo markazi bor — minglab do‘konlari, yuzlab restoranlari, kinoteatrlari, istirohat maydonlari borki, har qanday tuman buning oldidan o‘taversin.

Biroq bu hayot puli ko‘pniki, boylar uchun!

Kambag‘allar esa arab jazirmasida jizg‘anak bo‘lishga mahkum.

Dubayliklar «Bulvar» (yangi savdo markazi) qurishni boshlab yuborishgan. «Bulvar» shahar bosh maydoni, markaziy katta ko‘chasi va to‘rtta tutash ko‘chasini qamrab oladi. Shuncha joy to‘rtta gumbaz ostiga sig‘adi, aytishlaricha, sovutkichlar tinmay bu yerda «bahoriy havo»ni ta’minlab turarkan.

Xullas, Dubay hukumati insoniyat kelajagini ana shunday megaloyihalarda ko‘rmoqda. Ayniqsa, iqlim isib ketaverarkan, axiyri boshqa mamlakatlar hukumatlari ham arab shayxlarining «etagini» tutishga majbur bo‘ladi.

Xo‘sh, qolganlar ham amirliklarning tutumini tutdi deylik, hozirdanoq o‘ta issiq sharoitda jon saqlayotgan Dubayning kelajagi nima bo‘ladi? Ekologlarning xulosasi shunday: agar muzliklar erib, dengiz sathi ko‘tarilishda davom etaversa Dubay suv ostida qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring