Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Solovyovning gaplariga izoh berdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Solovyovning gaplariga izoh berdi

Teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Rossiya tashqi siyosati haqidagi bayonotlari «uning shaxsiy fikri" bo‘lib, amalda Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasi sanalmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova brifing paytida ma’lum qildi.

Zaxarovaning brifingi paytida jurnalist Solovyovning Venesuela va Suriya masalalarining Armaniston va Markaziy Osiyoga nisbatan «ikkinchi darajali ahamiyati» haqidagi so‘zlarini keltirdi. Brifing ishtirokchisi boshlovchining bayonotini Rossiyaning rasmiy pozitsiyasiga mos deb hisoblash mumkinmi, deb so‘radi.

«Bu jurnalistning fikri. Fikr xususiy kanalda bildirildi. Men iqtiboslarni o‘qidim va kontekstdan olingan iboralarga tayanmadim. Bunga javob berish mening ishim emas», dedi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, Solovyov o‘z dasturida Armaniston va Markaziy Osiyoga nisbatan harbiy amaliyot haqida gapirgandi va Ukraina urushini misol qilib keltirgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring