Shveysariyada aholi 10 mln kishidan oshib ketmasligi uchun referendum o‘tkaziladi
Shveysariya hukumati bu yil mamlakat aholisini 10 million bilan cheklash taklifi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini e’lon qildi.
Bu masala konservativ Shveysariya Xalq partiyasi (SVP) tashabbusi bilan referendumga qo‘yildi.«10 millionlik Shveysariyaga yo‘q» nomli referendum 2026-yil 14- iyunda bo‘lib o‘tadi.
Shveysariya Federal Assambleyasining quyi palatasidagi o‘rinlarning 31 foizini egallagan SVP ikki yildan ortiq vaqt davomida bu g‘oyani ilgari surib kelmoqda. Boshqa Shveysariya partiyalari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaydilar. SVP rejasiga ko‘ra, agar 2050-yilga kelib aholining 9,5 millionlik chegarasi oshib ketsa, immigratsiyaga qarshi qat’iy choralar qo‘llaniladi. Bularga oilalarni birlashtirishga vaqtincha taqiq, qochqinlarni qabul qilishga cheklovlar va immigrantlar oqimini osonlashtiradigan xalqaro shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish kiradi.
Shveysariyaning hozirgi aholisi taxminan 9 million kishini tashkil etadi. 2000-yildan beri u asosan immigratsiya tufayli taxminan 2 millionga ko‘paydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter