Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud 15 yil qamoq jazosi berganidan so‘ng sudlanuvchi sud zalidan qochib ketdi...

Sud 15 yil qamoq jazosi berganidan so‘ng sudlanuvchi sud zalidan qochib ketdi...

Foto: «Life.ru»

Rossiyaning Novokuznetsk shahrida 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sudlanuvchi sud zalidan qochib ketdi.

29-yanvar kuni soat 17:00 (Moskva vaqti bilan soat 13:00) atrofida sudlanuvchi Andrey Fyodorov Novokuznetskdagi Kuznetskiy tuman sudi binosidan qochib ketgan. U konvoirni urib yiqitib, noma’lum yo‘nalishda qochib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Fyodorovni endi qidirishmoqda.

Mejdurechensklik Andrey Fyodorov 33 yoshda bo‘lib, talonchilik jinoyatini sodir etgani uchun 15 yil «o‘tirib chiqishi» kerak edi. Uning qochishi ko‘chadagi kuzatuv kameralaridan biriga tushib qolgan. Unda erkak kishi yo‘l tomon yugurib, muyulishda ko‘zdan yo‘qolib qolgani aks etgan. Uni hech kim ta’qib qilmayotgani ham ko‘rinib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring