Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvan fojiasi: ko‘p qavatli uydagi yong‘in 46 kishining umriga zomin bo‘ldi

Tayvan fojiasi: ko‘p qavatli uydagi yong‘in 46 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: NTDTV

O‘tgan payshanba kuni Tayvanning Gaosyun shahridagi 13 qavatli uyda yuzaga kelgan yong‘in juda og‘ir oqibatlarga olib keldi, yozmoqda «Associated Press».

Juma kuni olingan ma’lumotlar o‘ta dahshatli — shu uyda yashab kelgan 46 kishi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan. Jarohat olganlar esa, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 40–70 nafar atrofida.

120 xonadonli bu uyda asosan kambag‘al keksalar va nogironlar istiqomat qilgan. Jami qancha odam yashagani noma’lum. Yong‘in tungi soat 03:00 lar atrofida, odamlar uxlab yotganida boshlangan. Ayrim guvohlar yong‘indan avval portlashga o‘xshash ovozni eshitishgan, biroq bu hozircha taxmin.

Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar 4 soat tilsiz yov bilan kurashishgan va odamlarni qutqarishga urinishgan. «Associated Press» ma’lumotiga ko‘ra, kasalxonalarga jo‘natilgan 55 kishining 14 nafari yo‘lda yoki yetib borganidan so‘ng vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring