Tramp Meksika bilan chegarani qo‘riqlashga NATOni jalb qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan bo‘lgan chegarani muhofaza qilishda NATO kuchlarini jalb etish g‘oyasini ilgari surdi. U bu taklifini Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasiga tayanib asosladi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu qadam AQShni noqonuniy migrantlardan himoya qilishga xizmat qiladi va chegara xizmati agentlarini boshqa vazifalarga yo‘naltirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Tramp avvalroq bir necha bor NATO ittifoqi inqirozli vaziyatda AQShga yordamga kelishiga shubha bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, NATO shartnomasining 5-moddasiga ko‘ra, alyansga a’zo davlatlardan biri yoki bir nechtasiga qarshi qurolli hujum amalga oshirilgan taqdirda, jamoaviy javob choralari ko‘rilishi nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter