Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda musson yomg‘irlari qurbonlari 368 kishiga yetdi

Hindistonda musson yomg‘irlari qurbonlari 368 kishiga yetdi

Foto: «AA.com»

Hindistonning Kerala shtatida yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 368 kishiga yetdi.

«Anado‘lu» agentligining ma’lum qilishicha, yomg‘irlar sabab shtatning asosiy yo‘llari, ko‘priklar va uylar suv ostida qolgan. Qidiruv-qutqaruv ishlariga vertolyotlar jalb qilingan.

Shtatda 12kundan buyon kuchli yomg‘ir yog‘moqda. 220 mingdan ziyod aholi vaqtinchalik turar-joylarga evakuatsiya qilingan. 32,5 ming gektar ekin maydonlari suvga to‘lgan.

Yil boshidan beri Hindistondagi musson yomg‘irlari mavsumida mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi.

Meteoxizmatning ma’lum qilishicha, yomg‘irlar 20 avgustdan so‘ng sekin-asta to‘xtaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring