Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy qudratli gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy qudratli gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy o‘zining qudratli «YJ-21» gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi. 

Xitoyning Global Times nashri va Xalq ozodlik armiyasining rasmiy axborot resurslari (PLA Military Bugle) mamlakat harbiy-dengiz flotiga tegishli bo‘lgan 055-toifali «Wuxi» yirik esminsemidan yangi avlod gipertovushli raketasi muvaffaqiyatli uchirilgani haqida xabar berdi. 

Garchi sinov o‘tkazilgan aniq sana va manzil sir tutilgan bo‘lsa-da, e’lon qilingan videolavhalar raketaning texnik imkoniyatlari haqida muhim ma’lumotlarni ochiqlagan.

Gap YJ-21 (ba’zi manbalarda YJ-20 deb yuritiladi) gipertovushli raketasi haqida ketmoqda.

Raketa esminsning orqa qismidagi vertikal uchirish moslamasidan (VLS) «sovuq uchish» (cold launch) usulida chiqarilgan. Ya’ni, raketa dastlab siqilgan gaz yordamida kameradan yuqoriga otilib chiqadi va ma’lum balandlikka yetgach, uning asosiy dvigateli ishga tushadi.

Raketa belgilangan nishonni aniqlik bilan yo‘q qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring