Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda havodan elektr olish boshlandi

Xitoyda havodan elektr olish boshlandi

Foto: CNSIG

Xitoyning Szyansu muzofotida elektr energiyasini siqilgan havo yordamida saqlashga mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik qurilma ishga tushirildi.

Harbin Electric Corp. korporatsiyasi ishtirokida barpo etilgan ushbu texnologik obyekt mamlakat energetika xavfsizligi va infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Stansiyaning quvvati 600 MVt bo‘lib, u 2400 MVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu taxminan 600 000 xonadonning yillik ehtiyojini to‘liq qoplash uchun yetarlidir. Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, bugungi kunda bu kabi obyektlar sanoat miqyosida energiyani saqlash uchun eng tejamkor va chidamli yechim hisoblanadi.

Stansiyaning texnologik jarayoni hududning tabiiy xususiyatlariga asoslangan:

Tungi vaqtda: Tarmoqdagi ortiqcha elektr energiyasi yordamida havo maxsus yer osti g‘orlariga siqib haydaladi.

Kunduzi: To‘plangan resurs (havo) qayta chiqarilib, turbinalarni harakatga keltiradi va iste’molchilar uchun barqaror elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Hozirda Xitoyda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining keng joriy etilishi hisobiga energiyani saqlash sektorida keskin o‘sish kuzatilmoqda. Mamlakat rasmiylari sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan maqsadlarni belgilagan. Hukumat rejasiga ko‘ra, 2027-yilga borib tizimga jami 180 GVtdan ortiq yangi quvvatlar qo‘shilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring