Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini quradi
Xitoyning «Hanrun Paper» kompaniyasi Samarqand viloyatida yirik sanoat loyihasini amalga oshirish uchun 500 mln AQSh dollari sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi.
Kompaniya mutasaddilari Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadini ma’lum qilgan.
Loyiha sanoat mahsulotlarini qadoqlash uchun karton va ofis qog‘ozini ishlab chiqarish uchun zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini qurishni ko‘zda tutadi. Loyiha besh bosqichda amlga oshiriladi. Buning uchun 50 gektardan ortiq yer uchastkasi kerak bo‘ladi. Urgut EIZ hududida joylashgan yer uchastkasi hozirda zavod uchun potensial joy sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Zavod Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi, loyiha doirasida taxminan 3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi aytildi. Davlat budjeti hisobiga esa yiliga 50-60 mln AQSh dollari soliq tushumlari tushishi kutilyapti.
Viloyat hokimi loyihani amalga oshirish hududning ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish maqsadlariga mos kelishini ta’kidladi. Shuningdek, investorlarga hokimlik tomonidan qonun doirasida ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter