Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV bugungi zilzila haqida rasmiy ma’lumot berdi

FVV bugungi zilzila haqida rasmiy ma’lumot berdi

Biroz avval Toshkent shahrida zilzila kuzatilgani haqida ma’lumot bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, yer qimirlashi yurtimizning boshqa hududlarida ham qayd etilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi bugun qayd etilgan zilzila haqida rasman xabar berdi.

Unda aytilishicha, zilzila markazi Toshkentdan 520 kilometr janubi-sharqda, Afg‘onistonda kuzatilgan. Uning magnitudasi 6 ballga teng bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekiston hududlarida turli darajada sezilgan. Xususan, Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Qarshida 3 ball, Termizda 4 ball.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar haqida FVVga ma’lumot kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring