Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulistondagi portlash oqibatlari ma’lum qilindi

Gulistondagi portlash oqibatlari ma’lum qilindi

Foto: @Sirdaryo

Bugun, 7-oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

FVV hodisa haqida dastlabki ma’lumotni taqdim qilgandi. Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kislorod ballonida salbiy holat (portlash — tahr.) yuzaga kelgan, biroq yong‘in kelib chiqmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimi, viloyat prokurori, DXX, IIB, FVB, SSB boshliq va xodimlari zudlik bilan yetib kelib, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergovchi va boshqa tezkor xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi, tezkor ma’lumotlar va favqulodda holatlar bo‘yicha shtab, axborot-tahlil guruhi tuzilgan. Hamkor tashkilotlarning tezkor-qidiruv va qutqaruv kuchlari to‘liq jalb qilinib, salbiy holat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

«Salbiy holat oqibatida majmuada kislorod stansiyasiga xizmat ko‘rsatgan 1 nafar fuqaro D.M. tan jarohati olib, RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilib, kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda, salbiy holat natijasida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Majmuadagi bemorlar RShTYoIM Sirdaryo viloyati filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga to‘liq joylashtirilishi ta’minlangan, majmua va uning atrofida joylashgan binolarga moddiy zarar yetgan (bino buzilishi va yirik talofatlar mavjud emas).

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi IIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring